Qurbon hayiti – ezgulik ayyomi

Muborak Qurbon hayiti xalqimizga xos bo‘lgan insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovat va o‘zaro hamjihatlik kabi fazilatlarni qaror toptiradi.

Bayram munosabati bilan bugun, 14-iyun kuni, Kimyo-biologiya, Fizika, Geografiya va agronomiya fakultetlarining Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchilari Noorganik kimyo kafedrasida uzoq yillardan buyon ishlab kelayotgan faxriy ustoz, kimyo fanlari nomzodi, dotsent Zulfiya Qurbonova xonadoniga yo‘qlab bordilar. 

Dildan qurilgan samimiy suhbat shukronalik duolariga boy bo‘ldi.