QarDU talabasi musobaqa g'olibi bo'ldi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi tomonidan Yoshlar oyligi doirasida viloyat oliygohlari talaba-yoshlari o'rtasida sportning stol tennis turi bo'yicha  musobaqa tashkil etildi.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida o’tkazilgan mazkur musobaqada qatnashchilar o'z mahoratlarini sinovdan o'tkazishdi. Yakunda g'oliblikni qo'lga kiritgan ishtirokchilar viloyat Kengashi tomonidan diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

I-o'rin Elshod Jabborov (QarDU),
II-o'rin Islom Sayfiddinov (QarMII),
III-o'rin Muhammadyusuf Toshtemirov (Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti).