Issiqxona, innovatsiya, talaba
Geografiya va agronomiya fakultetida “Issiqxona, innovatsiya, talaba” mavzusida tadbir tashkil etildi. Unda fakultet dekani A.Xayriddinov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Islomov, fakultet dotsenti B.Shokirov, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari B.Majidov, R.Qurbonov, Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish ta’lim yo‘nalishi talabalari va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Tadbirda mamlakatimizda hamda dunyo bo‘yicha qurilayotgan issiqxonalar, ularda yetishtirilayotgan sarhil sabzavotlar, ko‘katlar hamda sitrus mevalarni yetishtirish bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tildi. Tadbir yakunida o‘zining bilimi bilan kursdoshlariga namuna bo‘layotgan talabalarga va ularning ota-onalariga fakultetning tashakkurnoma, esdalik sovg‘alari topshirildi.