QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMAN

15-may 2024
E’lonlar

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM , FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMAN

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 18- yanvar 16-sonli buyrug‘iga asosan 2024-yilning 24-25 may kunlari Qarshi davlat universitetida “AMALIY MATEMATIKANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

 
ILMIY-AMALIY ANJUMAN YO‘NALISHLARI:

1. Matematik modellashtirish

2. Sun’iy intellekt va axborot xavfsizligi

3. Hisoblash va diskret matematika

4. Kompyuter lingvistikasi

5. Matematik analiz, differensial tenglamalar va matematik fizika tenglamalari

6. Ta’limda axborot texnologiyalari

 
MATERIALLARNI QABUL QILISH MUDDATI:

2024-yilning 10-may sanasiga qadar. Konferensiyani o‘tkazish kunlari: 2024-yilning 24-25 may kunlari Anjumanda bevosita va masofadan ishtirok etish mumkin.

Tezis materiallari o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.Anjumanga professor-o‘qituvchilar,doktorantlar,mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar hamda iqtidorli talabalar tezis topshirishlari mumkin.

Yuborilgan materiallarda keltirilgan ma’lumotlar asosli va to‘g‘riligiga mualliflar mas’uldirlar. Yuborilgan tezislar tahrir hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi va talablarga mos kelmagan tezislar chop etilmaydi.

Tashkiliy badal miqdori har bir tezis uchun 100.000 (yuz ming) so‘m bo‘lib, to‘lov 9860 1801 0975 0851(ismi:Mahbuba Samadova) karta raqami orqali qabul qilinadi.

Mualliflar to‘lov bo‘yicha +998949818896 raqami orqali ma’lumot olishlari mumkin.

 
MAQOLALARNI RASMIYLASHTIRISHGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:

Tezislar yo‘nalishiga oid dolzarb mavzularda, ilmiy va tugallangan fikrlarga asoslangan, taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim;
Tezis matni Word matn muharririda A4 formatda, Times New Roman shriftida, 12 o‘lchamida, 1 intervalda, sahifalar yuqori va pastdan 2 sm, o‘ngdan 2 sm va chapdan 2 sm bo‘lib, umumiy hajmi 1-3 bet bo‘lishi lozim;
Tezisning sarlavha qismining birinchi qatorida mavzusi, keyingi qatorlar ketma-ketligida mualliflarning FISH elektron pochtasi, ishjoyi, qisqacha annotatsiya, asosiy matn hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan bo‘lishi kerak;
Yuborilayotgan faylning nomiga tegishli sho‘ba nomeri bilan lotin harflarda asosiy muallifning FISH yozilishi kerak (masalan, 1_Jabborov_Oybek_Raxmanovich.doc);
Tezislar 2024-yilning 10-may sanasiga qadar elektron shaklda ko‘rsatilgan pochta yoki telegram manzillari orqali qabul qilinadi ,(E-mail:pmconf2024@mail.ru ,Telegram:@amaliykonf );
Nashrga tavsiya etilgan tezislar Google Scholar xalqaro bazasida indekslanadi (tezisda ORCID raqami qo‘yilishi shart).
 
TASHKILIY QO‘MITA MANZILI:

180183, Qarshi shahri, Ko‘chabog‘ ko‘chasi, 17-uy. Qarshi davlat universiteti.

Anjuman tashkilotchisi: Jabborov O.R Telefon raqami: +998975191188.

+998975191188 Djabbarov O. +998912220422 Qurbonov Z.

+998914562075 Shovaliyev B. +998949818896 Raufov R.