XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI BOSHLANG‘ICH TA’LIM KAFEDRASI XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN
Qarshi davlat universiteti boshlang‘ich ta’lim kafedrasi tomonidan 2024 yil 26-27 aprel kunlari “Ta’lim tizimini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari: dolzarbligi, muammolari va istiqbollari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.
Ilmiy-amaliy konferensiya quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatadi:
1-shu’ba: Xalqaro va mahalliy tendensiyalar asosida umumiy ta’limning dolzarbligini asoslash va uning sifatini ta’minlash
2-shu’ba: Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning zamonaviy asoslari
3-shu’ba: Professional ta’lim muassasalarida ta’lim mazmuni, sifati, ta’lim dasturlari, texnologiyalarini rivojlantirish.
4-shu’ba: Oliy ta’lim hamda ijtimoiy sohalarni rivojlantirish mexanizmlari.
Konferensiyada Xalqaro miqyosdagi Oliy va professional ta’lim, umumiy o`rta ta’lim muassasalari sohasidagi professor-o‘qituvchilari, ilmiy muassasa mutaxassislari, doktorant va mustaqil izlanuvchilarning qatnashishlari ko‘zda tutilgan.
Maqola va tezislar mazmuniga qo‘yiladigan talablar:
− maqola va tezislar konferensiya yo‘nalishlariga mos kelishi, berilayotgan g‘oyalarning mazmuni, nazariy va amaliy ahamiyati aniq yoritib berilishi va yakunlangan bo‘lishi lozim;
− maqola yoki tezisning mazmuni, keltirilgan ma’lumotlar va ularning ilmiy asoslanishi imloviy, punktuatsion va stilistik xatoliklardan xoli bo‘lishi hamda manbalarning ishonchliligi uchun mualliflar mas’uldirlar;
− maqola yoki tezis matnida turli qisqartmalardan foydalanmaslik (zarur hollarda ularning yoyilmasi matnda keltirilishi lozim), matn va jadvallarni tahrirlashga taqiq qo‘ymaslik tavsiya qilinadi.
Maqola va tezislarni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar:
− maqola yoki tezis Microsoft Word dasturida, Times New Roman, 14 o‘lchamda, 1,5 intervalda, yuqori va pastdan 2 sm, o‘ngdan 1,5 sm va chapdan 3 sm qoldirilgan holda tayyorlanadi;
− maqolada berilgan rasmlar quyidagi formatda bo‘lishi shart: jpg, bmp;
− maqolaning sarlavhasi bosh harflar bilan sahifa o‘rtasida yoziladi. Matn sarlavhasining ost qismida muallif (lar)ning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi ko‘rsatiladi va sarlavhadan so‘ng bir interval tashlab asosiy matn keltiriladi;
− o‘zbek, rus, ingliz tillarida annotatsiya va kalit so‘zlar berilishi lozim;
− matn sarlavhasining ost qismida muallif (lar)ning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi ko‘rsatiladi va sarlavhadan so‘ng bir interval tashlab asosiy matn keltiriladi;
− foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati matn so‘ngida beriladi. Havolalar maqola matnida keltiriladi hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidagi tartib raqami va sahifasi ko‘rsatiladi [1:10];
− maqola va tezislar o‘zbek, rus va ingliz tillarida, elektron variantda, A4 formatda va 3 betdan kam bo‘lmagan hajmda 2024-yilning 15-aprel kuniga qadar qabul qilinadi. Konferensiya materiallari mualliflarning oldindan to‘plangan badal mablag‘lari hisobidan to‘plam holida chop etiladi (badal puli har bir sahifasi uchun 20.000 so‘m qilib belgilandi, karta raqami 9860010120833321 (Kazakova Marhabo Kudratovna).
Maqola va tezislar qo‘shimcha ekspertizadan o‘tkaziladi. Yuqorida keltirilgan talablarga mos kelmagan maqola va tezislar chop etilmaydi va muallifga qaytarilmaydi.
Konferensiyada o‘zining maqola va tezislari bilan ishtirok etgan har bir ishtirokchiga konferensiya materiallarining elektron to‘plami taqdim etiladi. Konferensiya materiallari Google Scholar, DOAJ(Directory of Open Access Journals), OpenAIRE kabi xalqaro bazalarda indekslanadi.
Konferensiya tashkiliy qo‘mitasi: Qashqadaryo viloyati Qarshi davlat universiteti Boshlang’ich ta’lim kafedrasi. Elektron pochta manzili. karshi_konf@mail.ru
Manzil: QarDU Qarshi sh. Ko‘chabog‘ 17 tel.: (+99875) 225-34-13.
Maqola va tezislarni qabul qilish uchun mas’ullarning telefon va telegram nomerlari:
1-sho‘ba bo‘yicha: Yarmanova Yu.B. tel:+998934201383
2- sho‘ba bo‘yicha: Chorieva F.A tel:+998914747154
3- sho‘ba bo‘yicha: Kazakova M.K. tel:+998916366625
4- sho‘ba bo‘yicha: Aslonova O.P. tel:+998904262303