Qarshi davlat universitetida o'tkaziladigan Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

23-Aprel 2024, 05:36
Konferensiyalar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-iyuldagi PQ-200 qarori ijrosini ta‟minlash maqsadida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 18-yanvardagi 16-son buyrug'iga asosan 2024-yil 26-27 aprel kunlari bo'lib o'tadigan “SOG’LOM TURMUSH TARZI VA TO’G’RI OVQATLANISHNI TASHKIL ETISHNING ZAMONAVIY HOLATI VA ISTIQBOLLARI” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Ilmiy anjumanda ishtirok etish uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha materiallar taqdim etish mumkin:

1. Sog‟lom turmush tarzini tashkil etishning zamonaviy muammolari.
2. To‟g‟ri ovqatlanish va uning tibbiy-biologik asoslari;
3. Ekologiya va sog‟lom turmush tarzini tashkil etish.

Ilmiy anjumanga taqdim etiladigan maqola (tezis)larga qo‘yiladigan talablar va rasmiylashtirish tartibi:

- Tezis materiallari 2 betdan ko`p boʻlmagan A4 formatda Word (format doc, rtf) muharririda Times New Roman shriftida 14 oʻlchamda, 1,5 intervalda rasmiylashtirilishi lozim. Qog'ozning tepasidan 2,0 sm, pastdan 2 sm, chaptan 3 sm, o'ngdan – 1,5 sm., abzas – 1 sm.

Bir muallifdan 1 tezis, xammualliflikda 2 tezis qabul etiladi. Tezis tekstida jadvallar, rasmlar va grafiklar boʻlinmaslik talab qilinadi. Iqtiboslar olingan adabiyotlar toʻrtburchak qavslarda – [1,7] ichida alfavit tartibida joylashtirilgan adabiyotning tartib raqami yoziladi. Materialni taqdim etish tartibi:

Tezis nomi, muallifning F.I.SH., lavozimi, muassasa(lar)ning nomi, tezis matni, adabiyotlar.

tezislar elektron nusxada topshiriladi va ilmiy anjuman materiallari elektron hamda bosma to'plam holida chop etiladi;
tezisdagi maʼlumotlar, faktlar va statistikalarning to'gʼriligiga, imloviy va ishoraviy xatolari (matnning tahririy jihatlari) uchun mualliflar javobgar hisoblanadi;
mazkur ilmiy anjuman dasturiy qo'mitasi kelib tushgan materiallarni tanlab olish huquqiga ega, talablarga javob bermaydigan maqolalar ko'rib chiqilmaydi va to'plamga kiritilmaydi. Ilmiy anjumanda ishtirok etish uchun tezislar o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.
To‘lov rekvizitlari:

Tezislarni chop etish xarajatlari har bir sahifasi uchun 50 000 (ellik ming) so'mni tashkil etadi. To'lovni quyidagi plastik karta raqamiga yuborishingiz mumkin: Uzcard 8600 3329 7596 0752 (Rahmatullayev Yorqin). Xorijlik qatnashuvchilar uchun bepul.

Ilmiy anjuman materiallari muallif (lar) ning familiya, ismi sharifi, ish joyi, egallab turgan lavozimi va telefon raqami, elektron manzili ko'rsatilgan holda elektron tarzda 2024 yilning 1-aprel kuniga qadar

+99890-722-63-42 telegram raqami yoki QARDU_CONFERENCE2024@MAIL.RU elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.

Manzil: 180119, Oʻzbekiston, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Ko'chabog' ko'chasi, 17- uy, Qarshi davlat universiteti Faollar zali.

Tashkiliy qo'mita bilan bog'lanish: Rahmatullayev Yorqin +998 90-722-63-42 Kurbanov Abdulaziz +998 99-505-18-69 Dustov Karim +998 99-505-14-36