Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi
Har bir mamlakatning yuksalishida jiddiy to‘siq bu korrupsiya balosidir. Korrupsiya davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur yetishiga, natijada davlat hokimiyati faoliyati samaradorligining susayishiga sabab bo‘ladi. Ushbu illatga qarshi kurashish va barham berish siyosati davlat va jamiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmog‘i lozim.
Bugun Qarshi davlat universitetida “Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi” mavzusida bo‘lib o‘tgan tadbirda yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyani sodir etganlik uchun qonunchilikda jazoning muqarrar ekanligi haqida ma’ruzalar tinglandi. Mavzu doirasida yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Tadbirda Qashqadaryo viloyat hokimligi Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i R.Ravshanov, Rossiya Federatsiyasi Omsk gumanitar akademiyasi 2-bosqich magistranti, amaliy psixolog S.Islamova, rektor maslahatchisi A.Jo‘rayev, universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari L.Rustamov, N.Srajidinova, Yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig‘i N.Pardaqulov va tyutorlar, psixolog A.Husanov hamda 250 nafar talaba-yoshlar qatnashdi.