Ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi

22-Dekabr 2023, 12:10
Universitet yangiliklari

Talabalarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ichki turizmni rivojlantirish, mamlakatimiz tarixi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta’limi kafedrasi professor-o‘qituvchilari, Talabalar orkestri jamoasi va Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi talaba-qizlari uchun ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi. Tashkil etilgan sayohat davomida “ochiq-osmon osti muzeyi” deb nom olgan qadimiy arxitektura va ko‘p asrlik shaharning tarixiy obidalari, me’moriy manzaralari ko‘zdan kechirildi.

Xususan, Registon maydoni, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov mangu qo‘nim topgan Hazrati Xizr majmuasi, Bibixonim, Go'ri Amir maqbaralari, Tillakori, Sherdor madrasalari bo‘ylab qilingan sayohat talabalarga ona yurtimiz tarixi, qadriyatlari, obidalari bilan yana bir karra  tanishib olishlariga imkon yaratdi. Ayniqsa, talabalar tomonidan Registon maydoni oldida jonli ijroda kuylangan qo‘shiqlar sayohatchilarga o‘zgacha taassurot ulashdi.