Milliy maqom festivali o‘tkazildi
Maqom musiqa, she’riyat hamda raqs san’atlarini mujassamlashtiruvchi mushtarak badiiy durdonadir. O‘zbek milliy maqom san’atini keng targ‘ib qilish, yosh avlod qalbida milliy mumtoz san’atimizga hurmat va e’tibor tuyg‘ularini kamol toptirish muhim vazifalardan sanaladi. San’atshunoslik fakulteti talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Milliy maqom festivali” ham madaniyat va san’atimizga ehtirom ramzi sifatida yig‘ilganlarga manzur bo‘ldi.
Tadbir avvalida fakultet dekani E.Jabborov, Musiqa ta’limi kafedrasi mudiri R.Primov maqom san’atining yoshlar hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida so‘zlashdi. Tadbir davomida iqtidorli talabalardan iborat “Maqomchilar” ansambli tomonidan jonli ijroda kuylangan mumtoz kuylarning yorqin namunalari ruhiyatga ko‘tarinkilik baxsh etdi, yoshlarning qalbida ezgulik, yurtparvarlik, mehr-oqibat kabi go‘zal tuyg‘ularni uyg‘otganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.