Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlatchilik, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini bundan keyin ham barqaror rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratdi. Ayni kunlarda Qarshi davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash maqsadida “Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan ochiq muloqot va suhbatlar tashkil etilmoqda.
Jumladan, 29-noyabr kuni Iqtisodiyot fakultetida “Konstitutsiyani yangilash zaruriyati va xalq konstitutsiyasining asosiy mazmun-mohiyati” mavzusida fakultativ kurslar doirasida tadbir tashkil etildi. Tadbirda so‘nggi yillarda yurtimizda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma’naviy hayotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va bu borada erishilayotgan natijalarni mustahkamlashda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning o‘rni va roli xususida so’z bordi.
Shuningdek, “Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan hayotiy shiorning mohiyati va ahamiyatini, yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida inson huquq va erkinliklari sohasida mutlaqo yangi bosqichga o‘tilganligi qayd etildi. Tadbirda Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari kafayedrasi katta o‘qituvchisi D.Sunnatov ma’ruza qildi.