Ijarada yashovchi talaba-qizlar hayoti doimiy e’tiborda
Joriy yilning noyabr oyi davomida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari N.Suyarova, S.Xoliqova, M.Muhammadiyeva, R.Nekboyeva va R.Saydullayeva tomonidan Mahallot, Xudoyzod, Beklar mahallalaridagi ijara xonadonlarida yashab tahsil olayotgan Xorijiy tillar, Geografiya va agronomiya, Tibbiyot va Filologiya fakultetlari talaba-qizlarining yashash sharoitlari o‘rganilib, xonadonlarning qishki mavsumga tayyorgarlik holatlari ko‘zdan kechirildi.
Talabalarga elektr va gaz uskunalaridan foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalariga qat'iy amal qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi. O‘rganilgan ijara xonadonlarida talaba-qizlarning yashash sharoitlari, bo‘sh vaqtlarida qanday mashg‘ulotlar bilan band ekanliklari bilan yaqindan tanishildi. Ularni qiynab kelayotgan muammolari haqida dildan suhbat qurildi. Odob-axloq, kiyinish madaniyati, uy ro‘zg‘or masalalari yuzasidan qizlarga kerakli maslahatlar aytib o‘tildi.