Ochiq darslar o‘qituvchi salohiyatini belgilaydi

28-Noyabr 2023, 09:24
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universiteti Kimyo-biologiya fakulteti Noorganik kimyo kafedrasi o’qituvchisi Laziza Xolmurodova tomonidan “Metallarning umumiy tavsifi. Noan’anaviy dars texnologiyalaridan foydalanib, dars o’tish metodikasi” mavzusida Kimyo yo’nalishi 3-kurs 021-55-guruh talabalariga ochiq dars (amaliy) mashg’uloti o’tkazildi.

Dars mashg’ulotiga kafedra professor-o’qituvchilari taklif etildi. Barcha zamonaviy yangi pedagogik texnologiyalaridan foydalanilgan holda guruhlarga bo‘linib, talabalarning kasb faoliyatiga bog‘lab o‘tkazilgan ochiq dars davomida o‘qituvchi tomonidan fanni bilish ko‘nikmalaridan samarali foydalanildi. Dars mashg‘uloti nazariy va amaliy jarayonlar uyg‘unligida bo‘lib o‘tdi.