“Men zo‘ravonlikka qarshiman” mavzusidagi insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi

28-Noyabr 2023, 09:21
Universitet yangiliklari

Xabar berilganidek, universitet Xotin-qizlar bilan ishlash va psixologik maslahat markazi tashabbusi bilan  “Men zo‘ravonlikka qarshiman” mavzusida insholar tanlovining universitet bosqichi o‘tkazilgan edi. Tanlov natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rinni Kimyo-biologiya fakulteti Bio-texnologiya yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Muqimova Muxlisa Nurullo qizi qo‘lga kiritdi. 

2-o‘rin  biryo'la 2 nafar nomzodlarga – Filologiya fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili va adabiyoti) yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Sevinch G‘aniyeva va Pedagogika fakulteti Amaliy psixologiya yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Farangiz Xurramovaga nasib etdi.  3-o‘rinni ham 2 nafar nomzodlar - Xorijiy tillar fakulteti Inliz tili yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Sevinch Uzoqova va Matematika fakulteti Matematika yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Latofat Abdurasulova egalladi. G‘olib va sovrindorlar darajali diplom va tegishli ravishda besh yuz ming, to‘rt yuz ming hamda uch yuz ming so‘m miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.