Respublika tanlovlari ğolib va sovrindorlari taqdirlandi
19-Noyabr 2026, 12:27
Universitet yangiliklari
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universitetida Taʼlim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Talaba-yoşlar bilan işlaş markazi tomonidan taşkil etilgan “Islohotlar bilimdoni”, “Kitobxon yoşlar ligasi” tanlovlarining 1-, 2-, 3-mavsumlari hamda “Milliy qadriyatlar tarğibotçisi” respublika tanlovlari ğolib va sovrindorlarini taqdirlaşga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi. Unda Talaba-yoşlar bilan işlaş markazi rahbariyati, respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalaridan taşrif buyurgan tanlov ğoliblari, professor-öqituvçilar hamda talabalar iştirok etdi. Marosimda söz olganlar, yoşlarning intellektual salohiyatini yuksaltiriş, kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş va milliy qadriyatlarni keng targib etişda bunday tanlovlarning ahamiyatiga alohida töxtaldilar. Şuningdek, ğolib va sovrindorlarni erişgan natijalari bilan muborakbod etdilar. Tantanali marosim davomida tanlovlarda yuqori natijalarga erişgan iştirokçilarga diplomlar hamda qimmatbaho esdalik sovğalari topşirildi. Quvonarlisi, “Kitobxon yoşlar ligasi” tanlovining barça uçala mavsumida ham Qarşi davlat universiteti talabalari ğolib va sovrindorlar safidan joy oldi. Jumladan, Baxtiniso Salimova, Şohista Şermamatova, Marjona Eşdavlatova, Ismigul Samatova, Dinora Ulaşeva hamda Sevinç Urolova diplomlar va qimmatbaho esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar. Talabalarimizni muborakbod etamiz va kelgusi faoliyatlarida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!