Kiberjinoyatçilikning oldini olişga qaratilgan tarğibot tadbirlari ötkazildi
14-Noyabr 2026, 04:47
Universitet yangiliklari
Qarşi davlat universitetida Tillar, Pedagogika, sport va sanʼat hamda Fizika-matematika fakultetlari professor-öqituvçilari iştirokida kiberjinoyatçilikning oldini oliş, internetdan xavfsiz foydalaniş va raqamli xavfsizlik madaniyatini oşirişga qaratilgan davra suhbatlari taşkil etildi. Tadbirlar davomida internet firibgarligi, şubhali havolalar va zararli fayllardan himoyalaniş, şaxsiy hamda bank maʼlumotlari xavfsizligini taʼminlaş masalalari yuzasidan tuşuntirişlar berildi. Şuningdek, «APK Qöriqçi» mobil ilovasining afzalliklari, imkoniyatlari va undan foydalaniş tartibi haqida maʼlumot berilib, ilovaning kiberxavflardan himoyalanişdagi ahamiyati tuşuntirildi. Universitetda kiberxavfsizlikni taʼminlaş, internet makonidagi turli tahdid va firibgarlik holatlariga nisbatan ogohlikni kuçaytiriş borasidagi profilaktik tadbirlar davom ettiriladi.