Talabalar turar joylarida maʼnaviy-maʼrifiy va adabiy tadbirlar ötkazildi

14-Noyabr 2026, 04:39
Universitet yangiliklari
Qarşi davlat universiteti talabalar turar joylarida talaba-yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş, ijodiy salohiyati va mustaqil fikrlaş könikmalarini rivojlantirişga qaratilgan turli tadbirlar ötkazildi. Jumladan, talaba-yoşlar iştirokida "Şeʼriyat boği — qalblarda gullagan ezgulik" mavzusida adabiy-badiiy maşğulot taşkil etilib, şeʼriyat namunalari öqildi. Şuningdek, Agata Kristining "Önta negr bolasi", Paulo Koeloning "Alkimyogar" hamda Çölponning "Keça va kunduz" asarlari muhokama qilinib, ularning mazmuni, qahramonlari va ilgari surilgan ğoyalar yuzasidan fikr almaşildi. Bundan taşqari, talabalarning ziyrakligi va çaqqonligini oşiriş maqsadida "Kim epçil-u kim çaqqon" musobaqasi ötkazilib, faol iştirokçilar esdalik sovğalari bilan taqdirlandi. Bunday tadbirlar yoşlarning kitobxonlikka qiziqişini oşiriş, maʼnaviy dunyosini boyitiş va böş vaqtini mazmunli taşkil etişga qaratilgan.