QarDU — respublikaning eng ilğor ixtiroçi oliy taʼlim taşkilotlari safida!

3-Noyabr 2026, 15:51
Universitet yangiliklari
“InnoWeek–2026” xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi doirasida “Eng yaxşi oliy taʼlim ixtiroçisi” respublika tanlovi ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Quvonarlisi, Qarşi davlat universiteti tanlovda eng köp ğoliblarni tayyorlagan oliy taʼlim taşkilotlaridan biri sifatida eʼtirof etildi. Respublikaning sakkizta ustuvor yönalişi böyiça ötkazilgan tanlovda Qarşi davlat universiteti va Buxoro davlat texnika universitetining har biridan uçtadan ğolib aniqlandi. Uşbu natija QarDUda ilmiy izlanişlar, ixtiroçilik va innovatsion taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş borasida olib borilayotgan işlarning muhim samarasidir. Yana bir eʼtiborli jihat: tanlov natijalariga köra, Qarşi davlat universitetiga laboratoriya jihozlarini xarid qiliş uçun 500 million söm mablağ ajratiladi. Bu esa universitetning ilmiy-tadqiqot salohiyatini yanada mustahkamlaş, yangi işlanmalarni yaratiş va istiqbolli loyihalarni amaliyotga tatbiq etiş uçun qöşimça imkoniyatlar oçadi. Qarşi davlat universiteti jamoasini uşbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! Ğoliblarning ilmiy izlanişlari va yangi ixtirolari bardavom bölib, kelgusida ham universitet nufuzini yuksaltiradigan yutuqlarga zamin yaratsin!