“Qizlarjon klubi”ning navbatdagi uchrashuvi
3-Noyabr 2026, 15:37
Universitet yangiliklari
Qarshi davlat universiteti Xotin-qizlar bilan ishlash va psixologik maslahat markazi qoshidagi “Qizlarjon klubi”ning navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda klub raisi Latofat To‘shpulatova va a’zolar ishtirokida talaba-qizlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, salohiyatini rivojlantirish hamda universitet hayotidagi faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Ishtirokchilarning fikr va takliflari tinglanib, yangi g‘oyalar yuzasidan fikr almashildi.