“Buyuk istiqlolimizning uch ming yillik ildizlari” mavzusida insho tanlovi

21-Sentabr 2026, 05:42
Universitet yangiliklari

Joriy yilning 18-sentyabr kuni Qarshi davlat universiteti Fizika-matematika fakultetida “Buyuk istiqlolimizning uch ming yillik ildizlari” mavzusida tashkil etilgan insho tanlovining fakultet bosqichi o‘tkazildi. Tanlovni fakultetning yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Farrux Muqimov ochib berib, mazkur tanlovning yoshlarning tarixiy bilimlarini boyitish, milliy qadriyatlar va ajdodlar merosiga bo‘lgan hurmatini oshirish, mustaqillik g‘oyalarini chuqur anglash hamda ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, ishtirokchilarga tanlovda faol qatnashish, o‘z fikrlarini mustaqil va ijodiy yondashuv asosida bayon etishlari uchun muvaffaqiyat tiladi. Tanlov davomida talabalar mavzu yuzasidan o‘zlarining bilim va dunyoqarashi, tarixiy tafakkuri hamda ijodiy qobiliyatlarini namoyon etdilar.