"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi: ma’naviy barkamollik — komillik sari muhim qadam
18-Sentabr 2026, 11:33
Universitet yangiliklari
Qarshi davlat universitetida Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Z.Aminova ishtirokida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi. Samimiy muloqot davomida talaba-qizlarning ma’naviy qiyofasi, odob-axloqi, kiyinish va muomala madaniyati, milliy qadriyatlarga hurmat hamda ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga rioya etish masalalari muhokama qilindi. Savol-javob tarzida o‘tgan uchrashuvda talaba-qizlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Shuningdek, kitobxonlikka alohida e’tibor qaratilib, ko‘p badiiy asar mutolaa qilgan faol talaba-qizlar aniqlandi va ularga kitoblar sovg‘a qilindi.