"Do'stlik" festivali doirasida tanlovlar o'tkazildi

18-Sentabr 2026, 11:11
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida “Do‘stlik” festivali doirasida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari ishtirokida “Biz yangi O‘zbekiston farzandimiz!” mavzusida “Eng yaxshi qo‘shiq” va “Eng yaxshi fotoalbom” tanlovlari o‘tkazildi. “Eng yaxshi qo‘shiq” tanlovida talabalar o‘zlarining musiqiy va ijodiy qobiliyatlarini namoyon etib, Vatanga muhabbat, do‘stlik va yoshlar birdamligini tarannum etuvchi chiqishlar bilan ishtirok etdilar. “Eng yaxshi fotoalbom” tanlovida esa talabalar o‘zlarining ijodiy ishlari orqali do‘stlik, hamjihatlik, talabalik hayoti va yangi O‘zbekiston yoshlarining faol hayotini aks ettirdilar. Mazkur tanlovlar yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, turli millat va elat vakillari o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.