QarDU talabasi — Markaziy Osiyo ochiq chempionati g‘olibi!
24-Avgust 2026, 05:01
Universitet yangiliklari
III Central Asian Open Championships – 2026 musobaqasining dastlabki kunida Qarshi davlat universiteti Sport fakulteti 1-bosqich talabasi Sarvar Meliyev ajoyib natija qayd etdi. U erkaklar o‘rtasida uzunlikka sakrash bahsida 7,72 metr natija bilan barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medal sohibiga aylandi! Toshkent shahrida 23–25 avgust kunlari bo‘lib o‘tayotgan nufuzli xalqaro turnirda Markaziy Osiyoning kuchli atletlari ishtirok etmoqda. Musobaqani g‘alaba bilan boshlagan Sarvar Meliyevning ushbu muvaffaqiyati Qashqadaryo sporti va Qarshi davlat universiteti talabalari uchun katta faxrdir! Sarvar Meliyevni tarixiy natija bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi bahslarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!