Yangi ta’lim dasturlari akkreditatsiya jarayonida masofaviy baholandi

25-Iyun 2026, 11:48
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida yangi tashkil etilayotgan ta’lim dasturlari maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish jarayoni doirasida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi ekspertlari tomonidan masofaviy monitoring va baholash ishlari olib borildi. Zoom platformasi orqali tashkil etilgan jarayonda “Ijtimoiy ish” va “Biznesni boshqarish” ta’lim dasturlari bo‘yicha yaratilgan ta’lim muhiti hamda infratuzilma imkoniyatlari o‘rganildi. Ekspertlar tomonidan o‘quv binolari, moddiy-texnik baza, Axborot-resurs markazi faoliyati, raqamli ta’lim muhiti va mavjud resurslardan foydalanish samaradorligi tahlil qilindi. Shuningdek, ta’lim dasturlarining davlat ta’lim standartlari va akkreditatsiya mezonlariga muvofiqligi yuzasidan zarur ma’lumotlar taqdim etildi. Mazkur o‘rganish natijalari ta’lim dasturlari sifatini yanada oshirish va ularni milliy hamda xalqaro talablar asosida takomillashtirishga xizmat qiladi.