Qarshi davlat universiteti quyidagi bo‘sh (vakant) kafedra mudiri, dotsenti, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi-stajyor lavozimlariga tanlov e’lon qiladi
Qarshi davlat universiteti quyidagi bo‘sh (vakant) kafedra mudiri, dotsenti, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi-stajyor lavozimlariga tanlov e’lon qiladi
O‘zbek tilshunosligi, Yangi o‘zbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedralari mudiri lavozimiga;
Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari (1), Falsafa va sotsiologiya (1), O‘zbekiston tarixi (1), Algebra va geometriya (1), Ingliz tili va adabiyoti (1), Boshlang‘ich ta’lim (1), Sport faoliyati (1) kafedralari dotsenti lavozimiga;
Iqtisodiyot (1), Falsafa va sotsiologiya (1), O‘zbek mumtoz adabiyoti (1), O‘zbekiston tarixi (1), Fizologiya (1), Psixologiya (2) kafedralari ilmiy darajali katta o‘qituvchisi lavozimiga;
Musiqa ta’limi (1), Sport faoliyati (2), Jismoniy madaniyat nazaryasi va metodikasi (2), Rang tasvir va amaliy san’at (1), Agrokimyo va ekologiya (1) kafedralari ilmiy darajasiz katta o‘qituvchisi lavozimiga;
Musiqa ta’limi (1), O‘zbekiston tarixi (1), Davolash va pediatriya ishi (3), Sport faoliyati (1), Jismoniy madaniyat nazaryasi va metodikasi (1), Amaliy ingliz tili (1), O‘zbek tili va adabiyoti (1), kafedralari o‘qituvchi-stajyor lavozimiga.
Lavozim uchun malakaviy talablar:
- Oliy ma’lumoti, ilmiy darajasi va ilmiy unvonlari haqidagi diplomlar (diplom ilova) nusxalari;
- Tegishli ixtisoslik bo‘yicha ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga (dotsent), (professor) shuningdek, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD), fan doktori (DSc) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja va unvonlarga ega bo‘lish;
- Zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim hamda ko‘nikmalar (pedagogik mahorat, jamoa va talabalar bilan ishlay olish)ga ega bo‘lish;
Tanlovda nomzodlarga ustuvorlik beriladigan alohida jihatlar:
- Mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro reytinglarda (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) e’tirof etilgan nufuzli (TOP-1000) oliy ta’lim muassasasini tamomlagan yoki unda faoliyat yuritganlik;
- Xalqaro reytinglarda (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) e’tirof etilgan nufuzli (TOP-1000) oliy ta’lim muassasasida malaka oshirgan yoki stajirovka o‘taganlik;
- Xalqaro loyihalarda rahbar yoki a’zo sifatida ishtirok etganlik;
- IELTS/TOEFL sertifikatiga egalik (B2, C1, C2);
- SCOPUS va WEB OF SCIENCE bazalariga kiritilgan nufuzli jurnallarda maqola chop etganlik va “h-index”ga egalik;
Manzil: 180103. Qarshi shahri Ko‘chabog‘ ko‘chasi 17-uy. Telefon: 225-34-13, faks: (0 375) 221-00-56. Elektron pochta: kardu@umail.uz