Ochiq osmon ostida dramaviy tomosha

24-Aprel 2025, 05:39
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universiteti talabalar turar joylarida yashaydigan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish maqsadida navbatdagi madaniy tadbir tashkil etildi. Universitet tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi hovlisida o‘ziga xos sahna bezaklari bilan namoyish etilgan ushbu spektaklda totalitar tuzum davrida 100 mingdan ortiq inson hayotini izdan chiqaragan qatagon siyosatining shiddatli davrlari aks ettirildi. Asarda ayniqsa, ana shu siyosiy ta’qib qurbonlaridan biri — prokuratura organi xodimi Badriddin Sharipovning og‘ir va sinovli taqdiri markaziy obraz sifatida gavdalantirilgan. Spektakl O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli adib Farmon Toshevning "Fidoiy" asari asosida, rejissyor Farhod Boynazarov tomonidan sahnalashtirildi. Unda viloyat musiqali drama teatri aktyorlari mahorat bilan rollarni ijro etdilar. Tomosha talabalar qalbida chuqur taassurot qoldirib, ularni tarixiy haqiqatlar ustida yana bir bor o‘yga toldirdi.