
“Milliy naqshlar dizayni” – ijod va an’analar uyg‘unligi
24-Aprel 2025, 05:33
Universitet yangiliklari
San’atshunoslik fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida ijodiy tanlovlar doirasida "Milliy naqshlar dizayni" mavzusida tanlov tashkil etildi. Amaliy san’at yo‘nalishi 4-kurs talabasi, shuningdek, universitet “Qizlarjon” klubi koordinatori Gavhar Usmonova milliy naqshlar va ularning tarixiy ahamiyati haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan ishtirokchilarni tanishtirdi. Talabalar tomonidan yaratilgan o‘zbek milliy naqshlari nafaqat chizmalarda, balki ijodiy qarashlarda ham aks etdi. Barcha faol ishtirokchilar tashakkurnoma bilan taqdirlandi.