"Chevar qo‘llar, pazandachilik va tikuvchilik" to‘garagi — mahorat va ishonch manbai!

24-Aprel 2025, 05:31
Universitet yangiliklari

2-sonli talabalar turar joyida turadigan talaba-qizlar uchun tashkil etilgan mazkur to‘garak ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, hunar o‘rganish va shaxsiy salohiyatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Fizika fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi N.Odilova tashabbusi bilan o‘tkazilgan navbatdagi mashg‘ulotda talaba-qizlar bahor meva-sabzavotlaridan karving va turli xil salatlar tayyorlashni amaliy ravishda o‘rgandilar. Bu kabi tadbirlar talabalarning faolligini oshirish, ijodiy yondashuvini rivojlantirish va o‘zlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.