
“O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” o‘tkazilmoqda
2025-yil 21–27-aprel kunlari O‘zbekiston bo‘ylab “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur haftalik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 781-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, unda 2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturining ijrosi nazarda tutilgan. Haftalik doirasida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida “Davriy nashrlar tarixi (Turkestanskiye vedomosti)” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Ushbu tadbirda Qarshi davlat universiteti doktoranti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Mahfuza Mamatova “Turkiston o‘lkasining choy tarixi ‘Turkestanskiye vedomosti’ gazetasi ruknlarida” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi.