
Muomala madaniyati – yoshlar tarbiyasining asosiy omili
“Qalqon” guruhi a’zolari ishtirokida muomala madaniyati va odob-axloq qoidalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda talaba-yoshlar o‘rtasidagi samimiy va hurmatli munosabatlarni shakllantirish, “Qalqon” guruhi a’zolarining ishga mas’uliyat bilan yondashuvi, muomala va so‘zlashuv madaniyati, shuningdek, “Xavfsiz hudud – xavfsiz talaba” tamoyili asosida universitet hududida osoyishtalikni ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda universitet profilaktika inspektorlariga ko‘makchi bo‘lish masalalari muhokama qilindi.Tadbirda universitet profilaktika inspektori, kapitan M.Jabbarov hamda Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Sh.Akramov ishtirok etib, mavzuga oid fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.