O‘zbekiston Kubogida kumush medal!

24-Aprel 2025, 05:16
Universitet yangiliklari

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida yoshlar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, mazkur nufuzli musobaqada Qarshi davlat universiteti Sport fakulteti Sport faoliyati (dzyudo) yo‘nalishi 2-kurs talabasi Normurodov Boburjon Jasur o‘g‘li 100 kg vazn toifasida kuchlilar qatoriga kirib, kumush medalga sazovor bo‘ldi! Bu yutuq yosh sportchining izchil tayyorgarligi, matonati va mehnati samarasidir. Boburjon Normurodovni ushbu yutug‘i bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ham muvaffaqiyatlar tilaymiz!