
“Qari qiz” filmi talabalar e’tiborida
Tibbiyot, Xorijiy tillar hamda Kimyo-biologiya fakultetlari talabalari uchun madaniy hordiq sifatida “Qari qiz” badiiy filmi namoyish etildi. Mazkur film Kinematografiya agentligi va Toshkent viloyati hokimligi hamkorligida suratga olingan.
Ssenariy muallifi va prodyuseri – Nilufar Xudoyberdiyeva
Rejissor – Ilhom Muhammadibrohimov
Operator – Muzaffar Yusupov
Filmda hayotda o‘z o‘rnini topishga intilayotgan, bo‘lajak shifokor qizning ichki izlanishlari va tanlovlari tasvirlangan. U o‘qish va turmush o‘rtasidagi muhim qaror ostida qoladi – va tanlagan yo‘li o‘zini oqlaydi. Bosh rolda – Aysanem Yusupova. Shuningdek, filmda Saida Rametova, Mashhura Zulfiqorova, Tolib Mo‘minov, Otabek Haqberdiyev, Behruz Tohirov, Saida Saidbekova kabi taniqli aktyorlar ishtirok etgan. Talabalar tomonidan film katta qiziqish bilan qarshi olindi.