
O'zbekiston yoshlari chiqindisiz dunyo uchun
Turkiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasiga iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va barqaror rivojlanish rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha taklif kiritgan edi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi qaroriga ko‘ra, 30-mart butun dunyo bo‘ylab “Xalqaro chiqindilarsiz kun” deb eʼlon qilindi. Aholining chiqindiga bo'lgan munosabatini o'zgartirish uchun esa targ'ibot ishlari, turli aksiyalar muhim ahamiyat kasb etadi. Sana munosabati bilan Geografiya va agronomiya fakultetida tashkil etilgan tadbirda Agrokimyo va ekologiya kafedrasi dotsenti N.Bozorova va Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yo’nalishi talabalasi M.Ne’matova o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Ma’ruzalarda ta’kidlanganidek, chiqindi muammosini e’tiborsiz qoldirish tabiiy resurslar va tabiatning kutilmagan o‘zgarishlariga sabab bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida qayg‘urish faqatgina soha vakillarining vazifasi emas. Balki har birimizdan mazkur muammoga to‘g‘ri yondashuv talab etiladi.