
Ilm bilan erishilgan navbatdagi yutuq
Qarshi davlat universiteti biologiya mutaxassisligi 1-bosqich magistranti Sitora Sharipova Slovakiyaning nufuzli NSP (National Scholarship Programme) granti sohibasiga aylandi. Hozirda u bahorgi semestr davomida Slovakiyaning Preshov universitetida talabalar almashinuvi dasturi asosida tahsil olmoqda. Ma’lumot o’rnida, Slovakiya hukumati har yili xorijlik bakalavrlar, magistrantlar tadqiqotchilarlarga NSP (National Scholarship Programme) grantini ajratadi. Ushbu dastur doirasida ishtirokchilar 1 oydan 10 oygacha Slovakiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va tadqiqot markazlarida tahsil olish, ilmiy izlanish olib borish va dars berish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Magistrantimizni ushbu natija bilan tabriklaymiz hamda kelgusi o‘qish va ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!