“Kelajakka qadam” va “Biznesga birinchi qadam” dasturlari bo'yicha bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuvlar davom etmoqda 

27-Mart 2025, 08:06
Universitet yangiliklari

Davlatimiz rahbarining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61 va PQ-62-sonli Qarorlari ijrosi yuzasidan 26-mart kuni Qarshi davlat universitetida Qashqadaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi hamda Qashqadaryo viloyati O‘zmilliybank AJ, AT “Aloqabank” mas’ul xodimlari hamkorligida “Kelajakka qadam” va “Biznesga birinchi qadam” dasturlari doirasida bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuvda “Kelajakka qadam” va “Biznesga birinchi qadam” dasturlari doirasida qanday imtiyozlar taqdim etilishi, tadbirkorlikni boshlash istagida bo‘lgan bitiruvchilar uchun imtiyozli kreditlar va moliyaviy yordam mexanizmlarini rivojlantirish hamda g'oyadan loyihagacha bo'lgan jarayonda davlat va xususiy sektor bilan hamkorlik imkoniyatlari atroflicha tushuntirildi. Tadbir davomida talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytarilib, imkoniyatlar eshigi boʻlgan ushbu dasturlardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.