Shijoat va bilim yo‘lida yana bir yutuq

27-Mart 2025, 08:46
Universitet yangiliklari

Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili) yoʼnalishi 3-bosqich talabasi Dinara Tufliyeva Germaniyaning nufuzli DAAD stipendiyasi sohibasiga aylandi. Bu – uning tinimsiz mehnati, intilishi va fidokorona harakatlari natijasidir.

Maʼlumot o‘rnida, DAAD stipendiyasi dunyo miqyosida e’tirof etilgan ilmiy dasturlardan biri bo‘lib, talabalarga Germaniyada ta’lim olish va tadqiqot olib borish imkoniyatlarini beradi.

Talabamizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, kelgusi o‘qish va faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!