
“Maʼrifat maydoni” respublika tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi
Qarshi davlat universitetida oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Maʼrifat maydoni” respublika tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda qatnashchi jamoalar “Adib hayoti”, “Tezkor savol-javob”, “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya” deb nomlangan shartlar bo‘yicha bellashdilar. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi, viloyat musiqali drama teatri va S.Nasafiy nomidagi axborot-kutubxona markazi vakillaridan iborat hakamlar hay’ati a’zolari jamoalarning har bir chiqishlarini adolatli baholab bordilar. Natijalarga ko‘ra, Qarshi xalqaro universitetining “Millatim-faxrim” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Qarshi davlat universitetining “Qaqnus” jamoasi ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Qarshi xalqaro innovatsion universitetining “Hurriyat” jamoasiga uchinchi o‘rin nasib etdi.