Xorijiy talabalar qabuli

2-Avgust 2024

Onlayn ariza

2024-2025 o‘quv yili uchun KONTRAKT TO‘LOVI

Bakalavriat – $1,590 (sirtqi-$1,690); 

Magistratura - $1,690 

KONTRAKT TO‘LOVI quyidagi xarajatlarni qoplaydi:

1.    O‘qish.

2.    Talabalar turar joyi.

3.    Internet (QarDU hududida).

4.    Kutubxona va laboratoriyadan foydalanish.

5.    Xitoy tili, koreys tili, ingliz va ispan tili kurslariga qatnashish. 

CHET ELLIK ABITURIYENTLAR SUHBAT ORQALI QABUL QILINADI

Suhbat 1 avgustdan 10 avgustgacha o‘tkaziladi.

Ariza va hujjat topshirish muddati 25 iyundan 31 iyulgacha.

HUJJAT TOPSHIRISH TARTIBI:

Kerakli hujjatlar:

1.    O‘qishga kirish uchun ariza (universitet vebsayti(qarshidu.uz) “Qabul-2024” bo‘limida Word formatda yuklab olishingiz mumkin)

2.    Milliy va xalqaro passport nusxasi.

3.    O‘qigan fanlari va ular bo‘yicha olgan baholari (ballari) ko‘rsatilgan sertifikat/diplomning rus yoki o‘zbek tillariga notarial tasdiqlangan nusxasi. Magistratura (MA) darajasiga hujjat topshirish uchun bakalavr darajasi talab qilinadi.

4.    Elektron rasm (3.5x 4.5) - 6 dona (orqasi oq fonda)

5.    Yashash uchun ruxsatnoma (agar mavjud bo‘lsa)

To‘ldirilgan ariza va barcha kerakli hujjatlar elektron formatda (PDF)            31 iyulgacha iro.qarshi2023@gmail.com manziliga yuborilishi kerak.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun:

Dilso‘z Musayeva

Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i (Rektorat, 102-xona)

Tel.: +998 97 585 42 48;

E-mail:  iro.qarshi2023@gmail.com   Telegram: +99850 0104248

Onlayn ariza