Kiberjinoyat – taraqqiyotga tahdid

19-Aprel 2025, 12:01
Universitet yangiliklari

Pedagogika fakultetida “Kiberjinoyat – taraqqiyotga tahdid” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bugungi kun texnologiyalari inson hayotini yengillashtirayotgani barobarida, ayrim salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqarmoqda. Jamiyat uchun jiddiy xavf tug‘dirayotgan muammolardan biri — kiberjinoyatchilikdir. Bu turdagi jinoyatlar kompyuter va tarmoq texnologiyalaridan foydalangan holda noqonuniy harakatlarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Tadbirda universitet profilaktika inspektori M.Jabborov ishtirok etib, kibertahdidlarning turlari, ularning ijtimoiy hayotga salbiy ta’siri va ularning oldini olish chora-tadbirlari haqida atroflicha ma’lumot berdi. Shuningdek, suhbat davomida talabalar bilan kiberxavfsizlikni ta’minlash, internetda o‘zini himoya qilish madaniyatini shakllantirish va axborot makonida mas’uliyatli faoliyat yuritish masalalari yuzasidan fikr almashildi.