
Ijarada yashayotgan talabalar sharoitlari o‘rganilmoqda
Xorijiy tillar fakulteti dekan o‘rinbosari hamda Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari tomonidan Qarshi shahrining Mahallot, Alisher Navoiy va Beglar mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashayotgan talabalar yashash sharoitlari o‘rganildi. Tashrif davomida fakultet talabalarining yashash joylari, ijtimoiy-ma’naviy muhitga mosligi, xonadon egalari bilan o‘zaro munosabatlari, axloqiy tarbiyasi va mahalladagi yurish-turishi bo‘yicha monitoring ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida talabalar va ijara xonadon egalaridan mavjud sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar olindi. Shuningdek, sanitariya-gigiyena meyorlari va texnika xavfsizligi qoidalari yuzasidan tushuntirish ishlari ham amalga oshirildi. Mazkur tadbir talabalarning xavfsiz va sog‘lom muhitda yashashini ta’minlash, ularning ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.