
Talabalar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan navbatdagi ma’rifiy tadbir
Xabar berilganidek, Qashqadaryo viloyat prokuraturasi hamda Qarshi davlat universiteti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumiga asosan ayni kunlarda talabalarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, qonunchilikka oid bilimlarini mustahkamlash maqsadida bir qator ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari hamda debatlar o‘tkazilmoqda. Shu doirada Geografiya va agronomiya fakultetida “Giyohvandlik — taraqqiyot kushandasi” mavzusida navbatdagi tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda Qashqadaryo viloyat prokuraturasi huzuridagi ichki ishlar organlarida qonunlar ijrosi ustidan nazorat bo‘limi katta prokurori Xalilov Jamshid Xalilovich ishtirok etdi. Tadbir davomida giyohvandlikning jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika ishlarining ahamiyati, mavjud qonunchilik asoslari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Jumladan, prokuror tomonidan talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning savollariga batafsil javoblar berildi.