
Qarshi davlat universitetida korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirishga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tdi
2025-yilning 15–16-aprel kunlari Qarshi davlat universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi ta’lim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi (GRACE)” dasturi doirasida “Korrupsiyaga qarshi immunitet shakllantirish” mavzusida o‘quv seminar-trening tashkil etildi. Mazkur seminar-treningda universitetning iqtidorli talaba-yoshlaridan iborat “Talaba-yoshlar klubi” a’zolari, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassislari N.Srajidinova va Sh.Axmedov, “Yoshlar xabardor: yoshlar korrupsiyaga qarshi” loyihasi g‘olibi M.Saidova hamda universitet boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi D.Ravshanov ishtirok etdilar. Seminarda talaba-yoshlarga korrupsiyaning oldini olish, uning zararli ta’sirlarini tushuntirish va korrupsiyaga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish borasida ma’ruzalar o‘qildi. Shuningdek, “korrupsiya” tushunchasi, uning qonuniy ta’riflari va asosiy turlari, jamiyatga ta’siri (iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jihatlari), shaxsiy immunitet (halollik, mas’uliyat, odob-axloq), hamda korrupsiyaga qarshi qonunchilik va jazolar haqida talabalarga innovatsion yondashuvlar asosida interaktiv metodlar orqali tushunchalar berildi. Tadbir yakunida faol ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.