
QarDU delegatsiyasi Belgiyada
Joriy yil kuzida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi oldidan O‘zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish maqsadida Qarshi davlat universiteti rektori, professor Dilmurod Nabiyev boshchiligidagi delegatsiya Belgiyaning Bryussel shahrida bo‘ldi. Bryusselda “O‘zbekistonning bebaho merosi” mavzusida keng qamrovli taqdimot o‘tkazildi. Unda mamlakatimizning milliy san’ati, hunarmandchiligi hamda o‘zbek milliy oshxonasi namoyish etildi. Mazkur ko‘rgazma va madaniy dasturlar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbirda 200 nafarga yaqin mehmon ishtirok etdi. Qarshi davlat universiteti delegatsiyasining navbatdagi manzili — Niderlandiya bo‘lib, ushbu mamlakatda ham shunga o‘xshash taqdimotlar, ko‘rgazmalar hamda madaniy tadbirlar orqali O‘zbekistonning boy tarixiy-ma’naviy merosi xalqaro jamoatchilik e’tiboriga havola etilishi rejalashtirilgan.