
Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyatining ko‘zgusi
Joriy yilning 15-aprel kuni 8-sonli talabalar turar joyida Xorijiy tillar va Tibbiyot fakultetlari talaba-yoshlari hamda Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari ishtirokida “Milliy qadriyatlar oyligi” doirasida “Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyatining ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida talabalar tomonidan milliy qadriyatlarga asoslangan bahru baytlar, sahna chiqishlari, milliy laparlar ijrosi namoyish etildi. Bu esa tadbirga o‘ziga xos ruh va milliylik baxsh etdi. Shuningdek, xalqimizning boy madaniy va ma’naviy merosi, milliy qadriyatlari, azaliy urf-odatlari hamda ajdodlarimizning ozodlik va mustaqillik yo‘lida ko‘rsatgan jasorati haqida ma’lumotlar berildi. Tadbir yoshlar orasida milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada oshirishga xizmat qilib, o‘zbek ma’naviyatining boy va betakror merosini yana bir bor yodga soldi.