QarDU o‘qituvchilari Xitoyda stajirovka o‘tamoqda

19-Aprel 2025, 11:25
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universiteti Lingvistika kafedrasi mudiri N.Jo‘rayev, Xorijiy tillar fakulteti dekan o‘rinbosari F.Arslonov, Nemis tili va adabiyoti kafedrasi tayanch doktoranti Sh.Omanov hamda Umumiy fizika kafedrasi o‘qituvchisi H.Botirov Xitoyning Ansin pedagogika universitetida qisqa muddatli stajirovka o‘tamoqda. Stajirovkaning asosiy maqsadi – Xitoy ta’lim tizimi va madaniyati bilan tanishish, tajriba almashish hamda xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Tashrif davomida universitet vitse-direktori Prof. Dr. Shen Chuansheng, Xorijiy tillar fakulteti rahbariyati hamda sohaviy mutaxassislar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Uchrashuvlarda kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Qarshi davlat universiteti faoliyati va milliy qadriyatlar bilan bog‘liq o‘tkaziladigan tadbirlar haqida taqdimotlar ham namoyish etildi.