
Universitet talaba-qizlari uchun tadbirkorlikka oid uchrashuv!
Qarshi davlat universiteti talaba-qizlarining tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirish va bandligini ta’minlash maqsadida uchrashuv tashkil etildi. Unda Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari Sh.Aslonova va B.To‘rayev, Xorijiy tillar fakulteti talaba-qizlari, “Tadbirkor ayol” uyushmasi Qashqadaryo viloyati raisi O.Ochilova hamda “Oqila ayollar” harakati a’zosi M.Ochilova ishtirok etdilar. Tadbirda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar, tadbirkorlikni boshlashdagi muhim tavsiyalar hamda amaliy yordam choralari haqida fikrlar bildirildi. Talaba-qizlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amaliy yordam ko‘rsatilishi ta’kidlandi. Shuningdek, tadbir davomida mehr-oqibat, halollik, poklik, mehnatsevarlik va oilaviy qadriyatlar haqida ham fikr almashildi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning faolligini oshirish va ijtimoiy hayotdagi ishtirokiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi shubhasiz.