
Prokuratura va universitet hamkorligida huquqiy ma’rifiy tadbirlar boshlandi
Qashqadaryo viloyat prokuraturasi va Qarshi davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga muvofiq, talabalarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, qonunchilikka oid bilimlarini mustahkamlash maqsadida ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, debatlar va tanlovlar o‘tkazish belgilangan. Shu asosda bugun Tarix, Matematika va kompyuter ilmlari hamda Pedagogika fakultetlarida “Jinoyatga jazo muqarrar”, “Diniy ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid”, “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun va mohiyati” mavzularida ma’ruzalar tashkil etildi. Tadbirlarda viloyat prokuraturasi mas’ul xodimlari Sohibjon G‘aybullayev, Nodir Sarmanov va Islom Haydarov ishtirok etib, talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.