
Kimyo-biologiya va Tibbiyot fakultetlarida ma’naviy suhbat
Qarshi davlat universitetida talaba-yoshlarni vatanparvarlik, faol fuqarolik pozitsiyasi va keng dunyoqarash ruhida tarbiyalash, shuningdek, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan ularda daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish maqsadida “Ma’rifat darslari” haftalik ravishda tashkil etilmoqda. Shu munosabat bilan bugun Kimyo-biologiya va Tibbiyot fakultetlarida navbatdagi ma’naviy suhbat bo‘lib o‘tdi. Ma’rifiy darsni universitetning Ma’naviy va ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Sh.Akramov olib bordi. Tadbir davomida talabalarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim sohasidagi yangilanishlar, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, milliy qadriyatlar va ma’naviy merosimizning ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shundan so‘ng, talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari eshitildi. Mazkur ma’naviy suhbatlar yosh avlodda fuqarolik mas’uliyatini oshirish, ijtimoiy faollikni kuchaytirish va intellektual salohiyatni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.