Talaba-qizlar e’tibor markazida

19-Aprel 2025, 10:53
Universitet yangiliklari

Pedagogika fakulteti tomonidan 7-sonli talabalar turar joyida “Talaba-qizlar e’tibor markazida” shiori ostida targ‘ibot uchrashuvlari tashkil etildi. Unda fakultetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan oʻrinbosari S.Yo‘ldoshev, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi U.O‘ngboyeva hamda Psixologiya va Boshlang‘ich ta’lim kafedralari o‘qituvchilari ishtirok etdi. Uchrashuvlarda talaba-qizlar bilan yaqin muloqot o‘rnatilib, ularning yashash shart-sharoitlari o‘rganildi. Suhbat davomida shaxsiy gigiyena, pokizalik, turmush tarzida intizomga rioya qilish, TTJdagi imkoniyatlardan unumli foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Shuningdek, raqamli xavfsizlik masalalariga ham e’tibor qaratildi — telefon va internetdan foydalanish madaniyati, noma’lum guruhlarga qo‘shilmaslik, onlayn firibgarlik holatlaridan ehtiyot bo‘lish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Talabalarning taklif va muammolari tinglanib, ularga zarur maslahat va yo‘l-yo‘riqlar berildi. Bunday uchrashuvlar talaba-qizlar o‘rtasida sog‘lom muhitni ta’minlash, ma’naviy qo‘llab-quvvatlash va ularni turli tahdidlardan asrashga xizmat qiladi.