Ma’rifat – jaholatga qarshi kurashning eng samarali yo‘li

19-Aprel 2025, 10:51
Universitet yangiliklari

Tibbiyot fakultetida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda rektor maslahatchisi A.Jo‘rayev, universitet profilaktika inspektori M.Jabbarov, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari hamda fakultetning talaba-yoshlari ishtirok etdi. Tadbirda jaholat va mutaassiblikka qarshi kurashishda ma’rifatning o‘rni, yoshlarda ma’naviy immunitetni shakllantirish, vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyatini oshirish haqida fikrlar bildirildi. Muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tadbir yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda muhim qadam bo‘ldi.