Qarshi davlat universitetida hisobot-saylov konferensiyasi: yangi rahbariyat saylandi

14-Aprel 2025, 05:04
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universiteti xodimlari va talabalari kasaba uyushma tashkilotining III hisobot-saylov konferensiyasi yuqori tashkiliy darajada bo‘lib o‘tdi. Anjumanda 2020-yil aprelidan 2025-yil apreligacha bo‘lgan davr mobaynidagi kasaba uyushma qo‘mitasi hamda tashkilot taftish komissiyasining faoliyati yuzasidan hisobotlar tinglandi. Hisobotlarda tashkilotning mehnat huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash va madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish borasidagi ishlari tahlil qilindi.

Konferensiya kun tartibidan quyidagi muhim masalalar o‘rin oldi: 
 Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi va a’zolarini saylash;
 Taftish komissiyasi tarkibini shakllantirish;
 O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyati tashkilotining VI konferensiyasiga delegatlarni saylash.

Anjumanga O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Kubayev Shodmon Rabbimovich rahbarlik qildi. Konferensiya yakunida Norov Abdisayt Muradovich Qarshi davlat universiteti xodimlari va talabalari kasaba uyushma qo‘mitasi raisi etib saylandi.